Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1292025-10-27 18:14

Buvayda tumanida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2105077186815460.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2105077186822630.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2105077186827410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2105077186828605.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2105077186829800.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2105077186830995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2105077186833385.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2105077186835775.jpg
Buvayda tumani 41-maktabda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bagʻishlangan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” nomli bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Fargʻona viloyati hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, tuman hokimi oʻrinbosari Gʻayratjon Mamajonov, tuman hokimi maslahatchisi Oliyaxon Asqarova hamda taʼlim muassasasi pedagoglari va oʻquvchilari ishtirok etdilar. Viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova oʻz soʻzida davlat tilining jamiyatdagi oʻrni va ahamiyati, uni asrab-avaylash va yosh avlodga chuqur singdirish har birimizning fuqarolik burchimiz ekanini alohida taʼkidladi. Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan davlat tiliga bagʻishlangan sheʼrlar, sahna koʻrinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi Bunday tadbirlar yoshlar qalbida milliy gʻurur, ona tiliga ehtirom va yurtga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. #BuvaydaTumani #BuvaydaYangiliklari #TumanHokimligi #AxborotXizmati #YangiO‘zbekiston #FargonaViloyati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz