Buvayda tumanida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti uchun tanlov o‘tkazildi
Buvayda tumanida iqtidorli, tashabbuskor va faol qizlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni saralash tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir tuman 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.
Tadbirni Buvayda tuman hokimining o‘rinbosari K. Mirsaidova ochib berib, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti yoshlarning, ayniqsa, iqtidorli qizlarning o‘z ustida ishlashi, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda yutuqlarga erishishlari uchun muhim rag‘bat ekanligini ta’kidladi.
Tanlovda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, jamoatchilik va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan o‘n to‘rt yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘z iqtidor va yutuqlarini namoyish etdilar.
G‘oliblar viloyat bosqichiga tavsiya etilib, ularga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.