Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

142025-10-23 16:46

Buvayda farzandi shoir Azam O‘ktam xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2104657855390650.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2104657855393040.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2104657855394235.jpg
“Globalashuv sharoitida ona tili va adabiyotning ijtimoiy ahamiyati va uni saqlash tamoyillari” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman doirasida Buvayda tumani 9-umumta’lim maktabida Azam O‘ktam xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalqaro va respublika miqyosida tanilgan olimlar, adabiyot va jurnalistika sohasi vakillari, shoirning yaqinlari hamda ijod muxlislari ishtirok etishdi. Shuningdek, Hindiston, Turkiya, Qozog‘iston, Shvetsiya kabi xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan nufuzli olimlar, adabiyot va madaniyat sohasi vakillari hamda respublikamizning taniqli ijodkorlari shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan iliq fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir davomida shoirning boy adabiy merosi, ma’naviy olami va adabiyot rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi yuksak ehtirom bilan yodga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz