Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

Tuman hokimi

9

2025-02-22

https://api3.fergana.uz/files/face/users/file-2065516799527265.png

Bexzod Ibragimov Odiljonovich

Tug'ilgan yili:1977-05-02
Tug'ilgan joyi:Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani
2018-05-13 dan: Buvayda tumani hokimi
Telefon:
Elektron pochta:hokim@buvayda.uz
Millati:o'zbek
Partiyaviyligi:Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi aʼzosi
Ma'lumoti:oliy
Tamomlagan:1999 y. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (kunduzgi)
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi:irrigatsiya muhandisi
Davlat mukofoti bilan taqdirlanganmi:yo'q
Mehnat faoliyati
1994-1999 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi
1999-2001 yy. - Oltiariq tumani suv xo’jaligi bo’limi ishlab chiqarish bo’limi mutaxassisi
2001-2003 yy. - Oltiariq tumani suv xo’jaligi bo’limi ishlab chiqarish bo’limi boshlig’i
2003-2005 yy. - Oltiariq tumani suv xo’jaligi bo’limi suvdan foydalanish bo’limi boshlig’i
2005-2010 yy. - Oltiariq tumani Suv nazorat bo’limi boshlig’i
2010-2011 yy. - Oltiariq tumani suv xo’jaligi bo’limi “Do’stlik” nasos stantsiyasi boshlig’i
2011-2015 yy. - “Sirdaryo-So’x” irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi qoshidagi Nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi Oltiariq tumani bo’limi boshlig’i
2015-2016 yy. - Bag’dod tumani hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo’jalik va obodonlashtirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari
2016-2017 yy. - Bag’dod tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari
2017-2018 yy. - Bag’dod tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari
2018 y. - h.v. - Farg’ona viloyati Buvayda tumani hokimi
Vazifalari
hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash; tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institusional o‘zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; tumanning subvensiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish; tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investisiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish; hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish; qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish; aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish; ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, tumanning innovasion salohiyatini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovasion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish; qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish; rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimligining qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
Avvalgi faoliyat yuritgan rahbarlar