Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Buvayda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari
Shokirov Asadbek Alimjon oʻgʻli
Telefon:
735292522
Elektron pochta:
info@buvayda.uz
Tuman hokimligi axborot xizmatining asosiy vazifalari: 1. Tuman hokimligi faoliyatini ommaga yetkazish. Tuman hokimligi faoliyati haqida aholiga muntazam, to‘liq va tezkor axborot yetkazib borish. Bunda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt, matbuot anjumanlari, brifinglar va mediaturlar kabi vositalardan foydalanish. 2. Axborot tarqatish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish. Mamlakatda va tumanda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish. 3. Ijobiy imidjni shakllantirish. Tuman hokimligining ijobiy imidjini shakllantirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish (so‘rovlar, intervyular), mavjud muammolarni aniqlash va ular bo‘yicha takliflar tayyorlash. 4. Axborot siyosatida hamkorlik. Axborot xizmatlari faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 5. OAV va blogerlar bilan ishlash. Tuman darajasida ishlovchi jurnalistlar va blogerlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ularga tezkor va ishonchli axborot taqdim etish, muhim masalalarda ekspertlar guruhini shakllantirish va muhokamalar tashkil qilish. 6. Hokimlik rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish. Tuman hokimi va boshqa rahbarlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini uyushtirish, ularning faoliyatini targ‘ib qilish. 7. Axborot makoni monitoringi. Tuman hokimligiga oid ijtimoiy tarmoqlar, OAV va internetdagi axborotlarni kuzatib borish, muhokamalarga tezkor munosabat bildirish. 8. Matbuot materiallari tayyorlash. Tuman hokimligi faoliyati haqida matnli, foto, audio va video materiallar tayyorlab, ularni mahalliy va zarur hollarda respublika darajasidagi OAVga tarqatish. 9. Jamoatchilik fikrini o‘rganish. Aholining tuman hokimligi faoliyati bo‘yicha fikrlarini o‘rganish, milliy va mahalliy OAV pozitsiyasini tahlil qilish, dolzarb takliflar tayyorlab, rahbariyatga taqdim etish. 10. Xorijiy axborot vositalari bilan hamkorlik (zarur hollarda). Tuman haqidagi muhim axborotlarni vakolatli vazirliklar orqali xorijiy OAVda yoritishga ko‘maklashish, diplomatik vakolatxonalar bilan axborot almashinuvini tashkil etish. 11. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash. Tuman hokimligi vakolatiga kiruvchi huquqiy hujjatlar loyihalari va tasdiqlangan variantlarini rasmiy veb-saytda e’lon qilish. 12. Axborot bazasini shakllantirish. Tuman hokimligi faoliyatiga oid foto, video, matnli va boshqa materiallardan iborat ma’lumotlar bazasini yaratish va doimiy yangilab borish.