TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Tuman hokimi, Tuman prokurori oʻrinbosari, IIB boshligʻi, deputatlar, korxona va tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishlari, Prezident qarorlarining ijrosi, hududlarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, 2025–2026-yillar kuzgi-qishki sug‘orish davrida suv resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, adliya tizimidagi norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida hisobotlar tinglandi.
Sessiya yakunida ko‘rilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. (https://t.me/Buvaydaaxborotxizmati)