Buvayda tumani IIB xodimi respublika tanlovida faxrli o‘rin egalladi
Ichki ishlar organlari tizimida “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovining respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra, Buvayda tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Abdullayev Iqboljon faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
Buvayda tumanida maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishda olib borilayotgan tizimli ishlar, xodimlarning tashabbuskorligi va aholiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishdagi faol ishtiroki natijasida Abdullayev Iqboljon viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichida ham yuqori natijaga erishdi.
G‘olib xodimning ushbu yutug‘i nafaqat tuman Ichki ishlar bo‘limi, balki butun Buvayda tumani uchun faxrli natija bo‘ldi.