“Jadidlar izidan” tanlovining Buvayda tuman bosqichi boʻlib oʻtdi
Buvayda tumanida yosh avlodni ma’rifat va kitobxonlik ruhida tarbiyalash, jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda tumanimizdagi umumta’lim maktablari hamda nodavlat ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 6–10-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mustaqil fikrlash, vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini shakllantirishdan iboratdir.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi. Tuman bosqichi yakunlariga ko‘ra, har bir sinf toifasidan eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.