Farg‘ona tumani Kengashi huzuridagi Qo‘shma yig‘ilish: asosiy masalalar ko‘rib chiqildi
Farg‘ona tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati va tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalarning navbatdagi Qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli soha rahbarlari tomonidan taqdimot va hisobotlar berildi. Jumladan, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining 2025-yil 27-yanvardagi “2025-yilda Farg‘ona tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar tinglandi.
Shuningdek, 2025-yilning o‘tgan davri davomida yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muloqotlar chog‘ida bildirilgan muammo va takliflar asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ushbu ma’lumotlar asosida yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i X.Mo‘minovning ishsizlikni kamaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar va 2025-yil 6-fevraldagi tuman Kengashining tegishli qarori ijrosi yuzasidan qilinayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari ham eshitildi.
Yig‘ilish davomida boshqa masalalar ham keng muhokama qilinib, kelgusi sessiya kun tartibiga kiritilishi lozim bo‘lgan dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.