Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2332025-05-27 18:17

Buvayda tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayramona tarzda o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2089280460233760.jpg
2024/2025-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha Buvayda tumanidagi 55 ta umumta’lim maktabida 3302 nafar bitiruvchi maktab bilan xayrlashdi. Tuman maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tantanali tarzda o‘tkazildi. Jumladan, Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov 16-umumta’lim maktabidagi tadbirda ishtirok etib, bitiruvchilarni qutladi. Tadbirda hokim o‘quvchilarga samimiy tilaklar bildirib, ularni yangi bosqich – mustaqil hayot sari yo‘l olayotganliklari bilan tabrikladi. Shuningdek, yoshlarga yurtga sadoqatli, bilimli, kasb-hunar egasi bo‘lgan shaxslar bo‘lib yetishish zarurligini alohida ta’kidladi. Bayramga aylangan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida bitiruvchilarning ijodiy chiqishlari, ota-onalar va ustozlar ishtiroki bilan iliq muhit yaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz