Buvayda tumanida “Yozgi iqtidorlar” festivali bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasiga qarashli Buvayda tumani madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 28-son tuman madaniyat markazida “Yozgi iqtidorlar” festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival aholini madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash, ayniqsa yosh avlodning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning iste’dod va ijodini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbir “Madaniyat markaziga kelgan har bir bola – VIP mehmon” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda turli yoshdagi bolalar va iqtidorli yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqslar, she’rxonlik, sahna ko‘rinishlari va boshqa badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Festival davomida ishtirokchilarning ijodiy yondashuvlari, sahna madaniyati va iste’dodlari keng ommaga namoyon qilindi. Tadbir doirasida faol ishtirok etgan yoshlar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu festival yoshlarga o‘zini namoyon qilish, san’atga bo‘lgan mehrini oshirish hamda madaniy muhitda tarbiyalanishga xizmat qiluvchi muhim loyiha sifatida baholandi.