Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1722025-07-15 11:27

Oliy taʼlimga qamrov masalasi muhokama qilindi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2094310190733870.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2094310190737455.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2094310190741040.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2094310190747015.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2094310190749405.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2094310190755380.jpg
Buvayda tumanida maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga qamrov darajasini oshirish masalasiga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Behzodjon Ibragimov rahbarligida tashkil etilgan uchrashuvda maktab direktorlari va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda oliy taʼlimga hujjat topshirgan bitiruvchilar sonining kamaygani tanqidiy tahlil qilindi. Tuman hokimi mazkur holatni juda jiddiy qabul qilish zarurligini taʼkidlab, har bir taʼlim muassasasi rahbariyatidan masʼuliyatni oshirish, o‘quvchi va ota-onalar bilan ishlash tizimini kuchaytirishni talab qildi. Bitiruvchilarimiz oliy taʼlimda o‘qishga intilmayotgani yoki zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lmayotgani — bu sohadagi yondashuvda xatoliklar borligini anglatadi. Bunday holatga befarq qarab bo‘lmaydi. Har bir direktor bitiruvchilarning taqdiri uchun shaxsan javobgar ekanini his etishi lozim, – dedi tuman rahbari. Yig‘ilishda maktablarda kasbiy yo‘naltirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish, oliy taʼlimga kirishdagi imtiyozlar, grant va kontrakt shartlari haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish kerakligi taʼkidlandi. Shuningdek, umumtaʼlim muassasalarida taʼlim sifati, o‘quvchilarning bilim darajasi va kelajakdagi maqsadlarini shakllantirish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqish zarurligi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz