Dolzarb 90 kunlik doirasida sportning "Yengil atletika" turi bo‘yicha ‘‘Bojxona boshqarmasi boshlig‘i kubogi‘‘ musobaqasining Buvayda tuman bosqichi g'oliblari aniqlandi. Musobaqada 4 ta sektordan 18 ta jamoalar g'oliblik uchun kurashdi. Tuman bosqichi juda qiziqarli o‘tdi.
Musobaqa jamoaviy tarzda 14-30 yoshli o‘g‘il bola 4x200 va qizlar o‘rtasida 4x100 metr masofaga yugurish bo‘yicha estafeta shaklida o‘tkazildi.
Endi tumanda g‘olib bo‘lgan Ravshanbek Tusmatov boshchiligidagi ‘‘Shoxruh klub‘‘ yoshlar jamoalari viloyat bosqichida o‘z iqtidorlarini sinab ko‘radilar.