Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

322026-02-13 13:32

Buvayda tumanida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha saf ko‘rigi o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2116310989412115.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2116310989413310.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2116310989415700.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2116310989418090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2116310989419285.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2116310989420480.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2116310989420480.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2116310989421675.jpg
Buvayda tumanida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilishga tayyorgarlikni kuchaytirish maqsadida hamkor tashkilotlar ishtirokida saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i, podpolkovnik A. Oripov hamda Buvayda tumani IIB boshlig‘i Sh. Axmedov rahbarligida tashkil etildi. Saf ko‘rigida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv qismi, tibbiy xizmatlar, IIB qo‘riqlash xizmati, elektr ta’minoti korxonasi, gaz ta’minoti va suv oqova bo‘limlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda veterinariya sohalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida favqulodda holatlarda o‘zaro hamkorlik, kuch va vositalarning shayligi hamda muqobil harakat rejalarining amaliy ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz