Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

72026-04-25 14:44

Buvayda ixtisoslashtirilgan maktabi — yutuqlar maskani

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2123646799333155.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2123646799336740.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2123646799341520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2123646799342715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2123646799346300.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2123646799346300.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2123646799347495.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2123646799364225.jpg
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Buvayda tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025–2026 o‘quv yilining sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov, tuman prokurori Ziyovuddin Sulaymonov hamda tuman IIB boshlig‘i Sherzodjon Axmedov ishtirok etib, o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan tuman hokimi maktab jamoasining fidokorona mehnatini yuksak baholab, erishilgan natijalarni alohida e’tirof etdi. Ta’kidlanganidek, 43 nafar bitiruvchining 29 nafari milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin talabalik baxtiga erishgani — izchil mehnat va intilishning yorqin natijasidir. Ayniqsa, 6-sinf o‘quvchilarining B2 darajasiga erishgani, barcha yutuqlar hech qanday repetitorlarsiz, tizimli fan to‘garaklari hamda ustozlarning sidqidildan olib borgan ishlari natijasida qo‘lga kiritilgani alohida e’tirof etildi. Bu esa ta’lim jarayonida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan tizim va samarali yondashuvning yaqqol ifodasidir. Qayd etilganidek, mazkur yutuqlar — ahil jamoa, professional ustozlar va izlanishga chanqoq o‘quvchilarning birgalikdagi mehnati mahsulidir. Tadbir yakunida ilg‘or o‘quvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ta’kidlanganidek, bugungi yuksak natijalar mamlakatimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz