Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

462025-06-18 13:53

Buvayda tumanida "Kashtalar jilosi" festivali – hunarmandchilik va qadriyatlar uyg‘unligi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2091533368324475.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2091533368325670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2091533368328060.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2091533368329255.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2091533368330450.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2091533368331645.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2091533368334035.jpg
Buvayda tumanida Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi, “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Kashtalar jilosi” nomli ko‘rgazmali festival ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda milliy hunarmandchilik va kashtachilik mahsulotlari namoyish etildi. Festivalning asosiy maqsadi — xotin-qizlarni kasanachilik va milliy hunarmandchilikka jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholining bandligini ta'minlashdan iborat. Ko‘rgazmada tumandagi faol hunarmand ayollar o‘z qo‘li bilan tayyorlagan mahsulotlarini namoyish qilib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir doirasida ishtirokchilarga milliy qadriyatlar, hunar o‘rganishning ahamiyati, yoshlarga namunaviy mehnat faoliyati haqida targ‘ibot ishlari olib borildi. Yosh avlodni milliylik ruhida tarbiyalash, qadriyatlarni asrab-avaylash g‘oyasi festivalning bosh mezoniga aylandi. Tadbir yakunida milliy hunarmandchilikda faol ishtirok etib kelayotgan ayollarga tuman hokimligi tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz