Respublika ishchi guruhi Buvayda tuman shtabi faoliyati bilan tanishdi
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi Buvayda tumanida o‘z faoliyatini boshladi.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuzilgan Buvayda tuman shtabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur shtab tomonidan tumandagi 55 ta mahallada yoshlar muammolarini aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, bo‘sh turgan yer maydonlarini yoshlar o‘rtasida taqsimlash, ularni tadbirkorlik, hunarmandchilik va dehqonchilikka jalb etish yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, shtab faoliyatida muvofiqlashtirish, nazorat va tezkor axborot almashinuvi jarayonlari yo‘lga qo‘yilgani, hududlardagi “Yoshlar daftari” bilan ishlashda uzviylik ta’minlanganligi alohida e’tirof etildi.
Tashrif va o‘rganish ishlari davom etmoqda.