Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1362025-06-04 17:05

Baraka tilab, dasturxon yozildi, duolar o‘qildi

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2090101265556665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2090101265566225.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2090101265569810.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2090101265574590.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2090101265581760.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2090101265585345.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2090101265591320.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2090101265594905.jpg
Seminar yakunlangach, xalqimizning qadimiy urf-odatlari va mehmondo‘stlik an’analari asosida ishtirokchilar uchun tantanali marosim tashkil etildi. Dehqon mehnatiga hurmat, yangi mavsumning baraka bilan boshlanishini tilash maqsadida qo‘y so‘yilib, keng dasturxon yozildi. Tadbirda nuroniy otaxonlar, jamoatchilik vakillari, sektor rahbarlari hamda fermerlar bir dasturxon atrofida to‘planib, mo‘l-ko‘lchilik, tinchlik va yurt ravnaqi yo‘lida ezgu tilaklar bildirdilar. Duolar o‘qilib, dehqonlarning fidokorona mehnati qadrlandi. Bu ezgu tadbir nafaqat mavsumga ruhiy tayyorgarlik, balki el-yurt birligi, dehqon mehnatiga bo‘lgan ehtiromning yana bir ifodasi sifatida o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz