“Qo‘shaqarish saodati” tadbiri Buvayda tumanida o‘tkazildi
Buvayda tuman madaniyat markazida “Qo‘shaqarish saodati” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov ishtirok etib, so‘zga chiqdi.
Tadbirda milliy an'analar, oilaviy qadriyatlar va mehnatkashlik fazilatlari targ‘ib qilindi. Mahalliy san’atkorlar tomonidan milliy qo‘shiqlar ijro etildi, folklor jamoalari chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, mehnatkash oilalar taqdirlandi va milliy urf-odatlarga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tuman hokimi Behzodjon Ibragimov o‘z nutqida milliylik va oilaviy qadriyatlarning ahamiyatini ta’kidlab, shunday dedi:
“Qo‘shaqarish — bu nafaqat mehnat, balki mehr, baraka va oila birligining ramzidir. Bunday tadbirlar orqali biz qadriyatlarimizni asrab-avaylab, yosh avlodga yetkazamiz.”
Mazkur tadbir aholining ijtimoiy faolligini oshirish, an’anaviy qadriyatlarni targ‘ib qilishga xizmat qildi.