Buvayda tumanida Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yuzasidan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
Buvayda tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnoma hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv Buvayda tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim sohasi rahbarlari, mahalla tizimi vakillari, ma’naviyat targ‘ibotchilari hamda tegishli tashkilot va muassasalar mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbir tuman hokimligi hamkorligida tashkil etilib, uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari haqida atroflicha to‘xtaldilar. Xususan, ijtimoiy sohani rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish hamda ta’lim tizimidagi islohotlar masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashib, belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish muhimligini ta’kidladilar.