Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1502026-01-20 16:44

Buvayda tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2113846789652560.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2113846789656145.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2113846789656145.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2113846789658535.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2113846789660925.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2113846789662120.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2113846789663315.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2113846789664510.jpg
Buvayda tumanida Prezidentimizning “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov, viloyat hokimligining mas’ul xodimlari, Buvayda tumani rahbariyati, tuman ichki ishlar bo‘limi vakillari, shuningdek, mahallalarda faoliyat olib borayotgan “yettilik” a’zolari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi muammolarini erta aniqlash va ularni manzilli hal etishga qaratilgan yangi tizimning afzalliklari batafsil tushuntirildi. Qarorda belgilangan vazifalarning mazmuni va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tuman hududida sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilinib, profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida mas’ullarga Prezidentimiz qarorida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, mahallalarda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Mazkur targ‘ibot tadbiri hududlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, eng muhimi, aholi tinchligi va farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz