Buvayda tumanida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish maqsadida Buvayda tumani Bumozor MFYda aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar — ijtimoiy sohani rivojlantirish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar — keng muhokama qilindi.
Ishtirokchilar aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirish hamda Murojaatnomaning mazmunini aholiga tushunarli yetkazish bo‘yicha takliflar bildirdilar.