Buvayda tumanida tuman hokimligi hamda “Agro Rishton Ta’mir Servis” MCHJning Buvayda tumani bo‘limi tashabbusi bilan keng ko‘lamli “Tozalik kuni” aksiyasi o‘tkazildi. Tadbir doirasida an’anaviy hashar tashkil etilib, korxona va tashkilotlar, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
Aksiya davomida ko‘cha va yo‘laklar, ijtimoiy obyektlar atrofi, bo‘sh yer maydonlari, ariqlar hamda umumiy foydalanishdagi hududlarda tozalash ishlari olib borildi. “Agro Rishton Ta’mir Servis” MCHJ tomonidan maxsus texnika va ishchi kuchi jalb etilib, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari samarali tashkil etildi.
Mazkur tadbir aholi o‘rtasida tozalik madaniyatini yuksaltirish, obodonlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.