Buvayda tumanida Yangi yil arafasida bolajonlar uchun xayriya sunnat to‘ylari o‘tkazildi
Yangi yil bayrami arafasida, bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashish va quvonchli onlarni hadya etish maqsadida Buvayda tumanida homiylik yo‘li bilan Osiyo tantanalar saroyida 5 nafar jajji bolajon uchun sunnat to‘ylari tashkil etildi. Tadbirda Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov hamda tuman IIB boshlig‘i Sherzodjon Axmedov ishtirok etdi.
Tuman hokimi bolajonlar va ularning ota-onalarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, farzandlarga sihat-salomatlik, baxtiyor bolalik va yorqin kelajak tiladi.
Bayram dasturi doirasida taniqli estrada xonandasi Jo‘rabek Qodirovning chiqishlari namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Milliy an’analar asosida tashkil etilgan sunnat to‘ylari barchada iliq taassurot qoldirdi.