Buvayda tumanida rahbarlar ishtirokida ommaviy qabul bo‘lib o‘tmoqda
Ayni vaqtda Buvayda tuman Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Behzodjon Ibragimov, tuman prokurori Ziyovuddin Sulaymonov hamda tuman IIB boshlig‘i Sherzodjon Axmedov ishtirokida ommaviy qabul bo‘lib o‘tmoqda. Qabul jarayonida fuqarolarning ijtimoiy, huquqiy va kundalik masalalarga oid murojaatlari tinglanmoqda.
Murojaatlar asosan ish bilan ta’minlash, uy-joy, kommunal xizmatlar, yer munosabatlari va huquqiy masalalar bilan bog‘liq. Ayrim muammolar joyida hal etilmoqda, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilmoqda.
Mazkur ommaviy qabul aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish va davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan.