Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

272025-12-24 15:16

Yil sarhisobi: Joriy yilda Buvayda tumanida “Ayollar daftari”dagi 6 ming 99 nafar xotin-qizlar manzilli qo‘llab-quvvatlandi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2111052795620160.jpg
Buvayda tumanida “Ayollar daftari”ning 2025 yilgi oltinchi bosqichi jarayonlarida ro‘yxatga olingan 6 ming 99 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga turli yo‘nalishlarda amaliy ko‘maklar ko‘rsatildi. Bu ishlar uchun “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan jami 1 mlrd 20 mln so‘m yo‘naltirildi. Xususan, ulardan pillachilik sohasida 4905 nafar xotin-qizlarning kasanachilik asosida bandligi ta’minlandi, 135 nafari o‘zini-o‘zi band qilishga erishilgan bo‘lsa, 153 nafari esa kasb-hunarga o‘qitilib, o‘z yo‘nalilari bo‘yicha bandligi ta’minlandi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan 54 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun 767 mln so‘m miqdorida imtiyozli bank kreditlari ajratildi. Boquvchisi bo‘lmagan 277 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga jami 295 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam to‘lovlari berildi. Ijtimoiy yordamga muhtoj, I va II guruh nogironligi hamda tezkor tibbiy muolajaga muhtojligi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 391 nafariga davolanishi uchun 421 mln 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordamlar ajratildi. Qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor 184 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga 147 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordamlar berildi. Shuningdek, 107 nafar xotin-qizlarga 107 mln so‘mlik maishiy texnika (pech) berildi. “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 185 nafariga tibbiy muolaja xizmatlari, 170 nafariga psixologik va 261 nafariga huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz