Buvayda tumanida favqulodda vaziyatlar xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Buvayda tumani hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida xodimlar uchun “Millat fidoyilari” kitob-albomi taqdimoti va “Shukuronalik darsi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda favqulodda vaziyatlar xodimlari o‘rtasida vatanparvarlik, fidoyilik va xizmat burchiga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsad qilingan. “Millat fidoyilari” kitob-albomida yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar hayoti yoritildi. “Shukuronalik darsi” esa bugungi tinch va osoyishta hayot uchun shukrona aytish va xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish g‘oyalarini targ‘ib etdi.
Tadbir ishtirokchilari fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, xodimlarning ma’naviy dunyoqarashi yanada yuksaltirildi.