“Kelajak soati”: Yo‘l harakati qoidalari – bolajonlar diqqat markazida
Buvayda tumanidagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi.
Tadbirda Buvayda tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh.Abdulxayev hamda Yo‘l patrul xizmati inspektorlari ishtirok etishdi.
YPX inspektorlari bolajonlarga yo‘l belgilarining mazmuni, piyodalar uchun xavfsizlik qoidalari va harakatlanish madaniyati haqida qiziqarli va interfaol tarzda tushuntirish berishdi.
Bunday tadbirlar bolalarda yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish, ularni ogohlik va ehtiyotkorlikka o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etadi.