BUVAYDADA KASABA UYUSHMALARI HARAKATINING 120 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SPORT TADBIRIGA START BERILDI
Buvayda tuman Tibbiyot birlashmasida ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi sport tadbirlari boshlandi.
Tadbir doirasida yuzlab shifokor va hamshiralardan iborat jamoa “Sog‘lom hayot sari — 5000 qadam” shiori ostidagi yurish marafonida faol ishtirok etdi.
700 nafardan ortiq kasaba uyushmasi a’zolari ishtirok etgan mazkur tadbir sog‘lom hayotni targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom muhit yaratishga xizmat qildi.