Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1932025-10-02 17:24

Ustoz va Murabbiylar kuni — Buvayda tumanida tantanali nishonlandi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2102492399016770.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2102492399020355.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2102492399023940.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2102492399026330.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2102492399028720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2102492399031110.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2102492399032305.jpg
Kuni kecha Buvayda Madaniyat markazi Tantanalari saroyida “Ustoz va Murabbiylar kuni” munosabati bilan katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov soha fidoyi vakillarini samimiy tabriklab, ularning yosh avlodni tarbiyalash va ilm-ma’rifatni rivojlantirishdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi. Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuvda ustozlarga hurmat va ehtirom ifodasi sifatida turli madaniy dasturlar taqdim etildi. Xonandalar Yahyobek Mo‘minov va Jo‘rabek Qodirov ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar esa tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Zalda yig‘ilgan o‘qituvchilar, murabbiylar hamda yoshlar samimiy minnatdorlik bilan ustozlarga mehr va hurmat izhor etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz