Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2122025-09-19 15:35

Buvayda tumanida yangi tibbiyot maskani foydalanishga topshirildi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2101142359039205.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2101142359045180.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2101142359049960.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2101142359052350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2101142359053545.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2101142359054740.jpg
Bugun Buvayda tumanining Nayman mahallasida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi oilaviy shifokorlik punkti binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Loyiha “Ochiq budjet” platformasi orqali amalga oshirilib, qurilish uchun 1 milliard 264 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, byudjet mablag‘lari hisobidan 60 million so‘mlik tibbiy inventar va asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda. Yangi bino aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi, sog‘liqni saqlash tizimi qulayliklarini bevosita joylarda ta’minlashga xizmat qiladi. Tantanali ochilish marosimida Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov, Tuman IIB boshlig‘i Sherzodjon Axmedov, nuroniylar, tibbiyot sohasi mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 👉 Mazkur tashabbus aholining sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, tibbiy xizmatlarning hududlarda yanada yaqin va samarali bo‘lishiga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz