Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

342025-09-06 15:38

Paxta 2025 terim mavsumi oldidan Poshshopirim ziyoratgohida ehson tadbiri tashkil etildi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2099800371540460.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2099800371545240.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2099800371548825.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2099800371551215.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2099800371554800.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2099800371555995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2099800371558385.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2099800371560775.jpg
Yurtimizda azaldan dehqonchilik mavsumlari oldidan ezgu niyatlar ila xayrli ishlar qilish, ehson berib duo qilish an’anaga aylangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 6-sentabr kuni Buvayda tumanida joylashgan Poshshopirim ziyoratgohida “Paxta 2025” terim mavsumi oldidan ehson tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov boshchiligida sektor rahbarlari, nuroniylar, qishloq xo‘jaligi sohasining ilg‘or vakillari va mahalla faollari ishtirok etdilar. Qurbonlik qo‘y so‘yilib, marhumlar ruhiga Qur’on tilovat qilindi va yurtimiz tinchligi, mavsumning omadli va barakali o‘tishi uchun duolar qilindi. Mazkur ezgu tashabbus xalqimizning qadimiy urf-odatlari, mehr-oqibat va o‘zaro hurmatga asoslangan an’analarining amaliy ifodasi bo‘lib, kelayotgan paxta terim mavsumini ko‘tarinki ruhda, birgalikda va mas’uliyat bilan boshlashga xizmat qiladi. Tadbirda nuroniylar tomonidan yoshlarga duo va tilaklar bildirilib, barcha ishtirokchilarga bayramona dasturxon yozildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz