PQ-330-sonli qaror ijrosi doirasida mahallalarda elektr tarmoqlari yangilanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-sonli qarori ijrosi doirasida Buvayda tumani mahallalarida infratuzilmalarni yaxshilash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Hozirda ishlar Oyimqishloq hamda Qoraqum mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilmoqda. Jumladan, Buvayda tuman elektr ta’minoti korxonasi (TETK)ning 1–5-bo‘lim xodimlari tomonidan Oyimqishloq MFY hududidagi KTP 287/100 kVA transformator punktida SİP – 50 mm havo elektr tarmog‘i tortilmoqda.
Mazkur texnik ishlar hududda elektr ta’minotining sifatini oshirish, nosozliklarning oldini olish va aholiga uzluksiz energiya yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.