“ELOBOD” MAHALLA SERVIS KOMPANIYASI YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida Buvayda tumanida yana bir muhim ijtimoiy loyiha hayotga tatbiq etildi. Jumladan, Elobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilgan “Elobod” mahalla servis kompaniyasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov, tuman prokurori Ziyovuddin Sulaymonov, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, “Elobod” mahalla servis kompaniyasi tomonidan aholiga 28 turdagi xizmat koʻrsatiladi. Ushbu bino mahallalarda xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishga, aholiga yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Zamonaviy texnik jihozlarga ega ushbu bino xizmat ko‘rsatish, muammolarni joyida hal qilish va aholiga yaqin bo‘lish tamoyillariga asoslangan yangi ish tizimiga zamin yaratadi.