Do‘rmon mahallasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Qo‘shtepa tumanidagi Do‘rmon mahallasida ota-onalar tomonidan diniy ta’lim olishlari uchun chet davlatlardagi norasmiy “xujra”larga nazoratsiz tashlab kelinayotgan voyaga yetmagan shaxslarni diniy ekstremistik oqim hamda xalqaro terroristik tashkilot a’zolari ta’siriga tushib qolishini oldini olish yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat hokimining o‘rinbosari B.Kuldashev, tuman hokimi A.Abdullayev hamda tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari, shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi S.Nuriddinov, huquq-tartibot idoralarining mas’ullari hamda Do‘rmon mahallasida istiqomat qiluvchi 200 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni tuman hokimi A.Abdullayev ochib, kun tartibidagi masala bilan tanishtirib, so‘zni viloyat hokimining o‘rinbosari B.Kuldashevga berdi.
B.Kuldashev o‘z so‘zida farzandlarini noqonuniy diniy ta’lim olishi uchun ota-onalar tomonidan norasmiy “xujra”larga nazoratsiz tashlab kelinayotganayotganligi, bunday salbiy holat Qo‘shtepa tumani Do‘rmon mahallasida ham aniqlanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Xususan, joriy yilning 12-iyul kuni, Andijon viloyati Shahrixon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Shahrixon tumanida yashovchi Yu.A. joriy yil iyun oyining boshlaridan shu kunga qadar, oyiga 100 AQSH dollari miqdoridagi moddiy manfaat evaziga, o‘zining yashash xonadonida 12 nafar voyaga yetmaganlarga maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib, diniy idoralar markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz “hujra” sharoitida noqonuniy diniy saboq berib kelganligi, 12 nafar voyaga yetmaganlardan 6 nafari Do‘rmon mahallasining farzanlari ekanligini aytib o‘tdi.
Voyaga yetmagan shaxslarni qarovsiz qolishi natijasida kelgusida turli diniy omil bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar sodir etilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirishlarga qaramay ota-onalar tomonidan farzandlarini qarovsiz holda qoldirish hollari xanuzgacha davom etayotgani achinarli holat ekanlgi ta’kidlanib, ogohlantirib o‘tildi.
Yig‘ilish davomida so‘zga chiqqanlarning fikr va mulohazalari inobatga olinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.