“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Qo‘shtepa tumanida maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.