Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1712025-07-15 22:00

Farg‘ona tumani "Marg‘ilon" mahallasida sanitar targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752598760751.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752598760763.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1752598761046.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Saniatriya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Marg‘ilon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yuqumli va mavsumiy kasalliklarning oldini olishga qaratilgan sanitar-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Targ‘ibot ishlari doirasida aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, fuqarolarga shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va iste‘mol qilishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bolalar va keksalar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan mavsumiy kasalliklar, xususan, ichak infeksiyalari, virusli kasalliklar va ularning oldini olish usullari haqida ma‘lumotlar etkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz