Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

982026-01-31 16:38

Buvayda tumanida yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114982142129785.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114982142133370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114982142135760.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114982142138150.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114982142140540.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114982142144125.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114982142145320.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114982142147710.jpg
Bachqir MFY hududida “Ochiq budjet” loyihasi doirasida barpo etilgan, zamonaviy va barcha qulayliklarga ega yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Mazkur sport majmuasida 5 ta sport yo‘nalishi bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi. Bu esa mahalla yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Ochilish marosimida Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov, tuman rahbariyati, mahalla faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla yoshlar yetakchisi Abubakr Ahrorjonovning ta’kidlashicha, ushbu majmua yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish hamda sog‘lom va faol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz