Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2422026-01-28 18:04

Buvayda tumani hokimi Nayman MFYda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114678520148245.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114678520154220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114678520159000.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114678520162585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114678520166170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114678520170950.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114678520173340.jpg
Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov Nayman mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda olib borilayotgan ishlar hamda mahalla tizimi xodimlari faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida mahalladagi obodonlashtirish ishlari, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar va tomorqachilik yo‘nalishidagi ko‘chatchilik issiqxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hokim hududdagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, sport zali sharoitlari bilan ham tanishdi. Tuman hokimi mahalla drayveri hamda profilaktika inspektori bilan alohida suhbatlashib, hududdagi ijtimoiy muhit, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar yuzasidan ma’lumotlar oldi. Tashrif yakunida mas’ullarga hududni yanada obod qilish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda mahallada osoyishtalikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz