Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2522026-01-27 09:09

Buvayda tumanida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida manzilli profilaktik ishlar olib borilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114536899996780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114536899999170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114536900001560.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114536900003950.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114536900006340.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114536900007535.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114536900008730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114536900009925.jpg
Buvayda tumani hududida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida aholi o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning muammolarini manzilli hal etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda. Haftalik doirasida mahallalarda mutasaddilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, soha vakillari hamda jamoatchilik ishtirokida uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, maktablarda muntazam dars qoldirayotgan yoshlar bilan profilaktik muloqotlar olib borilib, ularning ta’limga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan fuqarolar bilan yakka tartibdagi suhbatlar tashkil etilib, ularni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, oilaviy muhitni yaxshilash va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi. O‘tkazilayotgan tadbirlar hududlarda osoyishtalikni mustahkamlash, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish hamda fuqarolar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz