Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2832026-01-26 13:03

Buvayda tumanida “Tashabbusli budjet” bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114450477173750.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114450477176140.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114450477178530.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114450477179725.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114450477180920.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114450477182115.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114450477183310.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2114450477184505.jpg
Buvayda tumani hokimligining katta majlislar zalida “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda hokim yordamchilari ishtirokida yangi tartib — loyihalarni sherikchilik asosida moliyalashtirish mexanizmi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida tashabbusli loyihalarni shakllantirish, ularni tanlash va moliyalashtirish bosqichlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi. Seminar hududlarda mazkur yangiliklarni samarali joriy etish va aholi ishtirokini yanada faollashtirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz