Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2152025-12-06 16:10

Pishag‘ar mahallasida asfalt qilinmagan ko‘cha qolmadi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2109198220257710.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2109198220262490.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2109198220264880.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2109198220266075.jpg
Buvayda tumani Pishag‘ar MFYda joriy yilda amalga oshirilgan infratuzilma ishlari natijasida asfalt qilinmagan ko‘cha qolmadi. Mahalla raisining ta’kidlashicha, bu yilgi Open Budget jarayonida mahalla tomonidan taqdim etilgan loyiha qo‘shimcha ajratilgan o‘rin bilan g‘olib deb topilgan va aynan shu loyiha orqali ichki yo‘llar to‘liq asfaltlangan. Shuningdek, avvalgi bosqichda ham Pishag‘ar mahallasi tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha kiritilgan taklif g‘olib chiqib, mahallada yangi elektr tayanchlari, tarmoqlar o‘rnatilgan va qo‘shimcha transformator punkti ishga tushirilgan edi. Bugungi kunda Pishag‘ar MFYda infratuzilma bo‘yicha dolzarb muammolar qolmadi. Bu yutuqlar mahalla ahlining faolligi, birdamligi va tashabbuskorligi bilan bog‘liq bo‘lib, natijada hududning yanada qulay va xavfsiz yashash sharoitlari yaratilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz