Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1792025-11-26 11:54

Tepalik MFYda gidroponika usulida qulpunoy yetishtirayotgan xonadon faoliyati o‘rganildi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2108147403154790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2108147403159570.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2108147403160765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2108147403161960.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2108147403164350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2108147403165545.jpg
Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov Tepalik mahallasida yashovchi Orifjon akaning uzoq yillardan buyon samarali yo‘lga qo‘ygan gidroponika usulida qulpunoy yetishtirish tajribasi bilan tanishdi. Xonadonda barpo etilgan kichik issiqxonada qulpunoylar zamonaviy gidroponika texnologiyasi asosida yetishtiriladi. Ushbu usul suv tejamkorligi, yil davomida barqaror hosil olish imkoniyati va sifatli mahsulot yetishtirilishi bilan ajralib turadi. Hozirda navbatdagi hosil qizarib, yig‘im-terimga tayyor holga kelgan. Tashrif davomida tuman hokimi Orifjon akaning tajribasi mahalladagi boshqa aholi uchun ham o‘rnak bo‘layotganini e’tirof etdi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishni kengaytirish, chet ellik mutaxassislarni jalb etgan holda texnologiyani yanada modernizatsiya qilish hamda Tepalik MFYni issiqxonachilik bo‘yicha drayver hududga aylantirish bo‘yicha takliflar bildirildi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz