Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

282025-11-24 09:21

Buvayda tumanida probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2107929931095325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2107929931097715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151900/news/file-2107929931100105.jpg
Buvayda tumani ichki ishlar bo‘limida probatsiya nazorati ostida turgan shaxslar bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman IIB boshlig‘ining jamoat xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tuman hududidagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, probatsiya hisobidagi fuqarolarning oila sharoitini o‘rganish, ularning takror jinoyat sodir etishining oldini olish hamda ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, nazoratdagi fuqarolarga qonunlarga rioya etish, jamiyatda munosib o‘rin egallash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz