Quvasoy shahriga tashrif buyurgan Respublika ishchi guruhi vakillari va shahar hokimi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun Respublika ishchi guruhi a’zosi Azizaxon Mahmudova, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mutaxassisi Mehrixon Abdullayeva hamda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda, mahallalarda aholi bilan muloqotni tashkil etish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qilish, hududlarni obodonlashtirish va infrastrukturasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.