Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

612025-05-31 21:34

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709237096.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709237205.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709237428.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709237446.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709237445.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709237518.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748709237529.jpg
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni komissiya raisi Ozodaxon Dadajonova olib bordi. Yig‘ilishda birinchi navbatda Yoshlar maslahat guruhi to‘g‘risidagi Nizomning ijrosi haqida axborot berildi. Shuningdek, 2025-yilning o‘tgan davrida yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlarda ko‘tarilgan muammo hamda takliflar yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlarning bajarilishi tahlil qilindi. Bundan tashqari, O‘zLiDeP partiya guruhi ish rejasiga muvofiq, Farg‘ona tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tomonidan 2025-yilning birinchi choragida yoshlar siyosatini amalga oshirish va “Yoshlarga oid Davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta‘minlash holati ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish davomida komissiya raisi Yoshlar maslahat guruhi a‘zolari bilan tanishtirdi va guruh rahbari hamda kotibi nomzodlarini tavsiya qildi. Tavsiya qilingan nomzodlar yoshlar guruhi a‘zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ma‘qullandi. Yig‘ilishda kun tartibidagi boshqa masalalar ham keng muhokama qilinib, ularni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz