Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

72025-04-20 13:15

Quvasoy shahrida “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623693635.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623696025.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623697220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623698415.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623698415.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623700805.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623705585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085438623705585.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024-yil 20-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar qatorida, ijtimoiy qiyin vaziyatdagi oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, ota-onasidan ayrilgan yoshlarni manzilli va maqsadli qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilingan edi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston”da barpo etilayotgan yangi jamiyatda milliy qadriyatlar va an’analarni saqlab qolish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda oila institutining o‘rni alohida e’tirof etilib, bu borada amalga oshirilayotgan tashabbuslarni tizimli asosda davom ettirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berilgan. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 1-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlarga muvofiq, Quvasoy shahrida zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu maskan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, oilaviy muammolarni bartaraf etish, nikohga oid maslahatlardan tortib, ijtimoiy-psixologik xizmatlargacha keng ko‘lamli faoliyatni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bu yerda ayollar bandligini ta’minlash, hunarmandchilik va tadbirkorlikka jalb etish kabi yo‘nalishlarda ham doimiy amaliy yordam ko‘rsatiladi. “Oila va xotin-qizlar maskani” – bu nafaqat tashkilot, balki oila mustahkamligi, ijtimoiy birdamlik va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz