Farg‘ona tumanida korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan suhbat tashkil etildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining tergov sudьyasi Xislatjon Kukonboev raisligida Majburiy ijro byurosi Farg‘ona tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida suhbat tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi jiddiy illat ekanligi ta‘kidlandi. Shu bilan birga, unda korrupsiyaning huquqiy oqibatlari, xodimlarning xizmat burchini suiiste‘mol qilishi holatlari va manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan vaziyatlarda qanday yondashuvlar qo‘llanilishi haqida atroflicha ma‘lumotlar berildi.
Tergov sudьyasi Xislatjon Kukonboev o‘z chiqishida korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, balki har bir davlat xizmatchisining muqaddas burchi ekanligini alohida qayd etdi. Unga ko‘ra, jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvi korrupsiyaning asosiy belgilaridan biri sifatida e‘tirof etilib, bunday holatlarni huquqiy tartibga solish zarurati tobora ortib bormoqda.
Mazkur suhbatda sud tizimida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish – nafaqat ijtimoiy adolatni qaror toptirish, balki sud hokimiyati mustaqilligini ta‘minlash nuqtayi nazaridan ham nihoyatda dolzarb masala ekani ta‘kidlandi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarining fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, korrupsiyaning oldini olishda har bir xodimning mas‘uliyati muhim o‘rin tutishi haqida umumiy xulosa qilindi.