Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

4942025-04-18 06:43

Farg‘ona va Shandun o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940511105.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940516706.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940520670.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940524255.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940527745.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940530321.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744940533279.jpg
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyga tashrifi davomida Shandun provinsiyasi partqo'mi rahbari Lin U bilan uchrashdi. Unda ikki hudud o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yuqori dinamikada rivojlanib borayotganligi ta‘kidlandi. Shandun - Xitoyning qadimiy va ayni paytda eng jadal rivojlangan provinsiyasi, madaniy va falsafiy markazlaridan biri hisoblanadi. Samimiy muloqot chog‘ida Shandun va Farg‘ona viloyati o‘rtasida hamkorlik aloqalari samarali yo‘lga qo‘yilganligi, bugungi uchrashuvlar doirasida ushbu hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganligi qayd etildi. Farg‘ona viloyati tadbirkorlari bugungi kunda Shandun provinsiyasining Szinan, Dechjou, Szibo, Veyfan kabi shaharlari bilan intensiv aloqalarni olib borib, qiymati 500 mln dollardan ortiq qo‘shma loyihalar ustida ishlayotganligi ma‘lum qilindi. Shandun viloyati imkoniyatlaridan keng foydalanish, hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirish borasida takliflar bildirildi. Shandun bilan zamonaviy texnologiyalar, elektrotexnika, to‘qimachilik, misni qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, turizm, IT kabi yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish aytib o‘tildi. “Farg‘ona-Shandun yashil sanoat parki”ni tashkil etish, madaniyat kunlarini o‘tkazish taklifi bildirildi. Viloyat rahbari jadal hamkorlik va birgalikdagi sa‘y-harakatlar tufayli kerakli natijalarga va istiqbolli loyihalarda katta muvaffaqiyatlarga erisha olishligini ta‘kidladi. Uchrashuv yakunida bildirilgan masalalar va takliflar bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqilib, hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz