Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1282025-04-17 16:27

22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi iqtidorli o'quvchilari yana bir karra “Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g'olibi!

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142686858670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142686878985.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142686884960.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142686894520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142686895715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142686898105.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2085142686899300.jpg
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil, 9-sentyabrdagi “Iqtidorli o'quvchilar o'rtasida fan olimpiadalarini o'tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to'g'risida” 562-sonli qarori va ushbu qaror asosida tasdiqlangan Nizomga asosan, Respublikamiz hududida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrinini qo'lga kiritish maqsadida 4-bosqichli olimpiadalar o'tkaziladi. Xabaringiz bor, So'x tumanida ushbu tanlovning navbatdagi bosqichi tumanimizning 11-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazildi. Mazkur tanlovda tuman maktablaridan 150 nafar iqtidorli o'quvchilar qatnashdi. Mazkur tanlovda doimiy g'oliblikni qo'lga kiritib kelayotgan 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining iqtidorli o'quvchilari bu yilgi tanlovda ham fa'ol ishtirok etib, tumanda tengsiz deb topilishdi va birinchi o'rin uchun beriladigan sovrin jamg'armasi 100 million so'mlik sertifikatni qo'lga kiritishdi. Bugun ushbu ta'lim dargohida tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda ishtirok etgan tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov va soha mutasaddilari tanlov ishtirokchilarini samimiy tabriklab, ularga qimmatbaho sovg'alar bilan 100 million so'mlik sertifikatni taqdim etdi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz